Lingard: "Erta kiritilgan gol tinchlanishimizga yordam berdi"

27 yanv 2020, 01:45
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Jessi Lingard Angliya kubogi 1/16 final bosqichida "Tranmir"(6:0) ustidan qozonilgan g'alaba haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Men yaxshi formada emasman. Doim gol urish va jamoa muvaffaqiyatlariga yordam berish yoqimli holat. Bugungi g'alabaga barcha o'z hissasini qo'shdi. Biz qiyin bo'lishini bilardik, ammo erta kiritilgan gol hammasini o'zgartirib yubordi", - dedi Lingard.


Manba: Sky Sports