

“Keynni “Barselona”da ko'rishni istardim, ammo ular pul bilan bo'g'liq muammolar tufayli Agueroni tanlashdi. O'ylaymanki, Xarrining taqdirini “Man Siti”, MYU va ehtimol PSJ hal qilar. Parijliklarni Maurisio Pochettino boshqaradi va Keyn u yerda sovrin yutishi kafolatlangan. Biroq, nazarimda u katta ehtimol bilan Manchester klublaridan biriga o'tadi. Fikrimcha, Xarri “Chelsi”ga bormasa kerak. U “Tottenxem” muxlislarining yuziga oyoq qo'yishiga ishonmayman, yana kim biladi”, deydi Lineker.
27 yoshli forvard 2011 yildan beri londonliklar sharafini himoya qiladi. U yakunlangan mavsum APLda to'purar bo'ldi va eng yaxshi assistant nomiga ham ega chiqdi.



