Lineker Akinfeev noxush ananaga barham berganiga chiroyli izoh berdi

Tolibjon Qosimov
23 noya 2017
Mashxur futbol eksperti Gari Lineker Igor Akinfeevning yakuniga etgan antirekordiga izoh berib o'tdi.

Eslatib o'tamiz, SSKA darvozaboni Chempionlar ligasida 11 yil, ketma-ket 43ta o'yinda o'z darvozasidan gol o'tkazib yuborgan edi. Lineker Akinfeevning barham bergan noxush ananasiga o'ziga hos so'z o'yini tarzida "Glovely" deb izoh yozdi. Yani, glove (qo'lqop) va lovely (yoqimli).

"SSKA darvozaboni Igor Akinfeev 11 yil va 43ta o'yindan keyin Chempionlar ligasida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Glovely", - deb yozdi Lineker o'zining tvitterdagi sahifasida.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/GaryLineker