

Xabarlarga ko'ra, voqea "Lill"ning markaziy barlaridan birida yuz bergan. Ikkala jamoa muxlislari birga "choyxo'rlik" qilayotganida, kutilmaganda yuzga yaqin tartib buzarlar ularga hujum qilishdi. Bir necha daqiqadan so'ng policiya hodisa ro'y bergan joyga yetib kelgan va ko'zdan yosh chiqaruvchi gaz ishlatishga majbur bo'lgan. "Everton"ning bir nechta muxlisi boshidan og'ir jarohat olishdi.



