Liga 1. "Monako" bu gal debyutantga yirik hisobda yutqazdi

Eldor Akmurzayev
18 avg 2019
Fransiya chempionatining 2-turida Mec o'z maydonida Monakoni qabul etib, yirik hisobda (3:0) zafar quchdi.

Qayd etish joizki, mezbonlar o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra Liga 2'dan yuqori divizionga ko'tarilishdi. 

Leonardo Jardim shogirdlari esa 1-turda Lionga ham xuddi bugungi natija (0:3) bilan engilgandi.


Metc – Monako 3:0 (1:0, 2:0)

Stad Sen-Simforen

Gollar: 1:0 – 11, penalti Diallo, 2:0 – 53 Diallo, 3:0 – 66 Koad.

Metc – Ukidja, Boye, Sunzu, Delen, Santonz, Maiga (Fofana, 77), Koad, Bulaya (Ambroz, 87), Angban, Ngette (Nyan, 74), Diallo.

Monako – Lekomt, Jemerson, Agilyar, Badiashile, Ballo-Ture, Jelson Martinsh, Golovin, Onekuru (Jil Diash, 70), Boshilya (Keyta Balde, 56), Glik, Ben-Yedder (Foster, 74).

Ogohlantirishlar: Glik (10), Santonz (27), Jelson Martinsh (35).

Chetlatish: Agilyar (34).


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia