"Lids" Xarrisonni to'liq sotib olish uchun "Siti"ga 18 million evro to'lamoqchi

Alisher
30 iyun 2021
"Lids" asli "Manchester Siti"ga tegishli bo'lgan yarim himoyachi Jek Xarrisonni o'zida saqlab qolmoqchi.

Jurnalist Nikola Skiraning ma'lumotiga ko'ra, klub o'yinchi uchun 18 million evro sarflashga tayyor.

Futbolchining o'ziga 2026 yil yozigacha mo'ljallangan shartnoma taklif qilinadi.

APL ortda qolgan mavsumida Xarrison 36 o'yinda maydonga tushdi va 8 bor raqiblar darvozasini ishg'ol qildi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira