

50 yoshli aktyor hozirda Avstraliyaning "Saut Sidney Rebitos" regbi klubi egasi hisoblanadi va u "Lids"ning ashaddiy ishqibozlaridan biri. Krou "tvitter"da muxlislardan "Lids"ni sotib olish yaxshi g'oyami" - deb so'ragan.
Bunga javoban "Lids" ishqibozlari guruhi vakili rasmiy bayonot berdi. "Rassel - jamoamizning mashhur muxlisi, avvallari u yillik abonement sotib olar edi. U jamoaning egasi bo'lsa biz faqat xursand bo'lamiz" - deyiladi bayonotda.



