"Lids" "Barselona" futbolchisi bilan shartnoma imzolash bo'yicha muzokaralar olib bormoqda

Alisher
30 mar 2022, 14:01
"Lids" "Barselona" himoyachisi Oskar Mingesa bilan shartnoma bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.

Klub 22 yoshli himoyachida Angliyada muvaffaqiyatga erishish uchun barcha narsa bor va u "Lids" o'yin uslubiga to'liq mos keladi deb hisoblamoqda.

Oldinroq xabar berilishicha, Mingesa "Lids" vingeri Rafinyaning Kataloniya klubiga o'tishidagi bitimning bir qismi bo'lishi mumkin.

Mingesa Xavi bosh murabbiy bo'lganidan so'ng "Barselona"ning asosiy tarkibiga kiritilishi to'xtatildi. Futbolchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 15ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Sport