Libertadores Kubogi uchrashuvida stadion panjarasi sinishi oqibatida muxlislar shikastlandi

Aslanov Jasurbek
12 may 2016
Braziliyada bo'lgan "San-Paulu" va "Atletiko Mineyro" o'rtasidagi Libertadores Kubogining chorak final o'yinida 8 kishi jarohat oldi.

Bahs "San-Paulu"ning uy arenasi hisoblanmish "Morumbi" stadionida bo'lib o'tdi. Barchasi mezbonlar uchrashuvdagi yagona golni urganidan so'ng sodir bo'ldi. Ishqibozlar golni nishonlayotganda stadiondagi panjaraning bir qismi sinib tushdi. Natijada muxlislar 2-3 metr balandlikdan yiqilishdi. Sakkiz kishi jarohatlandi va ular shifoxonaga etkazildi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Globo Esporte