Libertadores kubogi finali yana qoldirilishi mumkin

Narzulla Saydullayev
25 noya 2018
"River Pleyt" va "Boka Xuniors" o'rtasidagi Libertadores kubogi javob finali yana qoldirilishi mumkin, deb xabar bermoqda Alairelibre.

Dastlab o'yin kecha tunda bo'lib o'tish kerak edi. Ammo "Boka Xuniors" klubi avtobusiga muxlislar hujum qilishgani bois bahs qoldirildi. Bahs bugun tunga qoldirildi.

Buenos-Ayres hukumati uchrashuv bo'lib o'tishi kerak bo'lgan, "Monumental" stadionini yopib qo'ydi. Ayni paytda "River Pleyt" policiyadan o'yinni o'tkazish uchun ruxsat olmoqchi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Alairelibre