

Pedru Netu uch daqiqa ichida ikki marta ogohlantirish olib, muhim bahsda jamoasini kamchilikda qoldirdi.
O'yindan keyin "aristokratlar" bosh murabbiyi o'z jamoasi o'yinchilari nega tez-tez qizil kartochka olishi haqida gapirdi.
"Men "Chelsi"ga kelishimdan oldin nima bo'lgani haqida gapirishni istamayman, lekin bu holat endi men bilan ham sodir bo'lyapti. Men bu muammoni hal qildik deb o'ylagandim: ketma-ket 10 o'yinni qizil kartochkasiz o'tkazgandik, ammo endi ikki o'yinda ikki marta qizil kartochka - bu hal qilishimiz kerak bo'lgan muammo...", – dedi murabbiy.



