

Meyson Ayvan Touni gol urgan vaziyatda o'yindan tashqari holatni payqamadi va golni hisobladi. Bu ingliz futbolida katta etirozlarga sabab bo'ldi.

Videoassistent va uning yordamchilari Touniga pas bergan Kristian Nyorgor ofsaydda bo'lganini ko'rmadi va keyinroq ma'lum bo'ldiki, ehtimoliy ofsaydni tekshirish uchun hatto chiziqlar ham chizilmagan. Agar chiziqlar bo'lsa, gol bekor qilingan bo'lardi.
Natijada, Meysonning o'zi ommaviy bayonotlar qilmasdan, VAR hakami lavozimini tark etishga qaror qildi.



