LFP Ispaniya chempionatini to'xtatish qarori sabab RFEFni sudga berdi

Aslanov Jasurbek
7 may 2015, 10:47
Ispaniya professional futbol ligasi (LFP) ichki chempionatlarni to'xtatish qarori uchun mamlakat futbol federatsiyasini (RFEF) sudga berdi.

LFP rahbariyatining hisoblashicha, bu qaror uchun RFEFda asos yo'q. LFPdagilar ushbu qarorni qabul qilishda ishtirok etganlarning barchasini javobgarlikka tortmoqchi.

LFP bu voqealar sabab 11 may kuni barcha klublarni yig'ilishga chaqirdi.

Oldinroq RFEF mamlakat chempionati telehuquqlaridan tushgan pulni teng tarqatish qaroriga qo'shilmay, 16 may sanasidan Ispaniyaning ichki chempionatlarini to'xtatishga qaror qilgan.

Shunday qilib, agar Ispaniya futbol federatsiyasi va mamlakat rahbariyati kelisha olishmasa, 10 kundan so'ng mamlakatdagi barcha chempionatlar to'xtatiladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com