"Leyptsig" tarkibiga norvegiyalik posbonni qo'shib oldi

Mirjalol Normatov
9 okt 2022, 18:55
Norvegiyalik darvozabon Eryan Nyuland faoliyatini "Leyptsig"da davom ettiradi.

32 yoshli posbon erkin agent sifatida Bundesliga klubi bilan 2023 yil yoziga qadar shartnoma imzoladi. U jamoada jarohatlanib, uzoq muddatga safdan chiqqan Peter Gulachining o'rnini egallaydi.

Nyulandning so'nggi jamoasi "Reding" klubi bo'lgandi. Norvegiya termasi tarkibida u 40 o'yinda qatnashib, 42 gol o'tkazib yuborgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal