"Levante" yangi bosh murabbiyni tanishtirdi

Alisher
7 okt 2021
Yaqinda Xuan Ramon Lopes Munisni iste'foga chiqargan "Levante" o'ziga yangi murabbiy topdi.

Klub matbuot xizmatining xabariga ko'ra, jamoani endilikda Xaver Pereyra boshqaradi. Tomonlar 2021/22 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekishdi. Shartnomada bitimni uzaytirish borasida band bor.

"Levante" La Ligada 8 turdan so'ng 18-o'rinda bormoqda. Jamoa hisobida 4 ochko bor.

Pereyra shogirdlari keyingi o'yinni o'z maydonlarida 17 oktyabr kuni "Xetafe"ga qarshi o'tkazishadi.


AlisherMuallif
Manba: levanteud.com