"Levante" "Barsa", "Real" va "Atletiko"ga qarshi o'yinlarda 8 ochko jamg'ardi: "Shu sabab bizni Superligaga qo'yishmadi"

Alisher
12 may 2021
"Levante" matbuot xizmati "Barselona"ga qarshi o'yindan so'ng Ispaniya chempionatidagi top-klublar bilan o'yinlardagi natijalariga e'tibor qaratdi.

Valensiya klubi "Barselona" (0:1, 3:3), "Real" (0:2, 2:1) va "Atletiko" (1:1, 2:0) kabi Yevropa Superliga asoschilariga qarshi o'yinlarda 8 ochko jamg'ardi va bu La Ligadagi eng yaxshi natija.

"Shu sabab bizni Superligaga qo'yishmadi", - deyiladi "Levante" xabarida.

"Levante" 36 turdan so'ng jadvalda 13-o'rinda bormoqda.

[instagram]

 [/instagram]


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/LevanteUD