Levandovskining fikricha "Liverpul" chempion bo'la oladi

Aslanov Jasurbek
6 okt 2016, 20:45
Bavariya futbolchisi Robert Levandovski Yurgen Kloppning APLdagi muvaffaqiyatlari haqida gapirib o'tdi.


Eslatib o'tamiz, hujumchi o'z vaqtida "Borussiya D"da Yurgen Klopp qo'l ostida o'ynagan.

"U ajoyib strateg va raqib o'yinini aniqlay oladi. "Liverpul"da yaxshi tarkib bor. Klopp bunday jamoa bilan muvaffaqiyatlar qayd eta oladi.

"Liverpul"da chempionlik uchun imkoniyatlar bor. Ular ajoyib futbol namoyish etmoqdalar. Bunda Kloppning xizmatlari beqiyos", - deydi polshalik futbolchi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: epl.one