Levandovski Xoland haqida: "Katta salohiyat uzoq yillik yulduz bo'lish degani emas"

Aziz Tukhtamuradov
4 fev 2022
"Bavariya" futbolchisi Robert Levandovski "Borussiya D" hujumchisi Erling Xoland haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"U mendek emas. U kuchli va tezkor. Aynan shuning asosida uning o'yini yaratiladi. Menda esa boshqacha sifatlar bor. Ammo u kelajakda qay tarzda rivojlanishini bilmaymiz. 

Qaysidir futbolchining salohiyati yuqori ekanligi, u uzoq yillar davomida yulduz bo'lishini bildirmaydi. Men 33 yoshli futbolchini 21 yoshlisi bilan taqqoslashni yoqtirmayman. Barchaning o'z rivojlanish yo'li bor. 

Ammo, Xoland ajoyib futbolchi. Uni kuzatish kishiga zavq beradi", - dedi Levandovski. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Bayern & Germany