Levandovski va yana 3 asosiy futbolchi jamoa bilan Qatarga uchmadi

Mirjalol Normatov
3 yanv 2020, 20:59
Myunxenliklar o'z ananalariga sodiq qolgan holda 2-davraga tayyorgarlikni Doxada olib borishadi.

Klub rasmiy sayti xabariga ko'ra, "Bavariya" Qatarga o'zining to'purari Robert Levandovskisiz bordi. Polshalik futbolchi 21 dekabr kuni operaciya qilingan va o'z uyida tiklanish jarayonini davom ettiradi.

Shuningdek, Niklas Zyule, Xavi Martines va Kingsli Koman kabi futbolchilar ham Qatarga bormadi. Bosh murabbiy Xans-Diter Flik Qatarga 26 nafar futbolchini olib ketdi. Yig'in 4-10 yanvar kunlari bo'lib o'tadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express