Levandovski La Liga 2-turida "Barselona"ga yordam bera oladimi?

Sherzod Nurmatov
18 avg 2025
"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski maydonga qaytishga yaqin turibdi va katta ehtimol bilan "Levante"ga qarshi Ispaniya chempionatining 2-tur uchrashuvida ishtirok etadi.

Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Polsha terma jamoasi hujumchisi sonini shikastlab olgandi va shifokorlar taxminiga kshra, 3 ta o'yinni o'tkazib yuborishi va faqat sentyabr o'rtalarida safga qaytishi mumkinligi aytilgandi.

Biroq tiklanish jarayoni kutilganidan tezroq ketmoqda va Levandovski 23 avgustdayoq maydonga tushishi mumkin.

2024/25 yilgi Ispaniya chempionatining birinchi turida "Barselona" "Malorka"ni qabul qilib, 3:0 hisobida g'alaba qozondi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS