Levandovski JCH-2022 favoriti kim ekanligini aytdi
Aziz Tukhtamuradov
19 noya 2022
"Barselona" klubi va Polsha terma jamoasi hujumchisi Robert Levandovski bo'lajak jahon chempionati haqida fikrlarini bildirib o'tdi.
"Argentina terma jamoasi - nafaqat bizning guruh, balki butun musobaqa favoriti hisoblanadi. Messi hozir ajoyib formada. Biz kimga qarshilik qilishimiz kerakligini tushunib turibmiz", - dedi polshalik futbolchi.