Levandovski: "Fransiya ajoyib jamoa, lekin biz ularning Tunisga qarshi o'yinini ko'rdik. Demak, hamma narsaning iloji bor"

Sherzod Nurmatov
1 dek 2022
"Barselona" va Polsha terma jamoasi hujumchisi Robert Levandovski JCH 1/8 finalida Fransiyaga qarshi bahsdan oldin fikrlarini bildirdi.

"Fransiya favorit hisoblanadi. Avvalo, biz ularga muammo tug'dirmoqchi bo'lsak, hujumda ko'proq imkoniyatlar yaratishimiz kerak. Fransiya ajoyib jamoa, lekin biz ularning Tunisga qarshi o'yinlarini ko'rdik. Demak, hamma narsaning iloji bor. Bu biz uchun katta sinov bo'ladi. Biz bugungidan yaxshiroq o'ynashimiz lozim", – dedi Levandovski.

Fransiya – Polsha uchrashuvi 4 dekabr kuni o'tkaziladi. U Toshkent vaqti bilan 20:00 ga belgilangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: RMC Sport