“Lester”ning asosiy futbolchilaridan biri operaciya qilinadi

Eldor Akmurzayev
28 fev 2021
APL 26-turidan o'rin olgan “Lester” – “Arsenal” (1:3) bahsida mezbonlar vingeri Xarvi Barns jarohat oldi.

Stadion xodimlari 23 yoshli futbolchini maxsus zambilda olib chiqib ketishdi. “Tulkilar” ustozi Brendan Rojersning so'zlariga ko'ra, Barnsning tizzasiga shikast etgan va u jarrohlik stoliga yotadi. Angliyalik futbolchi 1,5 oyga safdan chiqqani aytilmoqda.

U joriy mavsum chempionatda 25 o'yinda maydonga tushib, 9+4 natija ko'rsatib turgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: AFP