"Lester" xo'jayini vertolyoti qulashi sababi ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
14 noya 2018
"Lester"ning sobiq xo'jayini, marhum Vijay Shrivaddanaprabxaning vertolyoti qulashi sababi ma'lum bo'ldi.

Buyuk Britaniya aviaciya tadqiqotlar markazi ma'lumotiga qaraganda vertolyotning texnik holati unchalik yaxshi bo'lmagan va bu o'z ta’sirini ko'rsatgan.

Vertolyot havoga ko'tarilib, stadiondan o'tganidan keyin erga qulagan va bir necha soniya davomida erda gir aylangan.

Ushbu aviahalokatda 5 kishi halok bo'lgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports