“Lester” skautlari “Yuventus”ning 2 futbolchisini kuzatish uchun “Alyanc”ga kelishdi

Eldor Akmurzayev
7 dek 2021
Bu haqda Calcio Mercato xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, A Seriya doirasida o'tgan “Yuventus” – “Jenoa” (2:0) bahsiga “Lester” skautlari tashrif buyurgan. Ular yarim himoyachi Adrien Rabo hamda hujumchi Federiko Bernardeskining harakatlarini kuzatishgan.

Rabo joriy mavsum turinliklar libosida 16 o'yinda qatnashib, bitta pasga mualliflik qildi. Bernardeski esa 15 o'yinda bir bor golga hammuallif bo'ldi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Calcio Mercato