"Lester" hujumchisi Saudiya Arabistonida o'ynashi mumkin

Mirjalol Normatov
2 avg 2018, 22:26
"Lester" hujumchisi Ahmad Musa yaqin vaqtlarda "Al Nasr" futbolchisiga aylanishi mumkin.

Saudiya Arabistoni jamoasi 25 yoshli futbolchi uchun 17 mln, bonuslar bilan qo'shib hisoblaganda 28 mln evrodan voz kechishga tayyor turibdi.

Hozircha Musaning "Al Nasr"da qancha maosh olishi aniq emas. Biroq matbuotning takidlashicha, u eng ko'p maosh oladigan nigeriyalik futbolchiga aylanishi mumkin.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: arabnews.com