"Lester" Fofana bo'yicha "Chelsi"ning taklifini rad etdi

Alisher
4 avg 2022
"Chelsi" "Lester" himoyachisi Uesli Fofanaga qiziqmoqda.

"Lester" 21 yoshli francuz bo'yicha 62 million funt sterlinglik taklifni rad etdi.

Oldinroq, fransiyalik himoyachining rahbariyatga London klubiga o'tishni xohlayotganini aytgani xabar qilingan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Himoyachi o'tgan mavsum "Lester" safida barcha musobaqalarda 11ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: L'Equipe