Leonardo Bonuchchi kamida 6 oyga futboldan chetlatilishi mumkin

Nozimov Nig'monxo'ja
18 okt 2023
“Union Berlin” jamoasi himoyachisi Leonardo Bonuchchi sobiq jamoadoshi Nikola Fadjoli ishi bo'yicha chetlatilishi mumkin.

Avvalroq, “Yuventus” yarim himoyachisi noqonuniy pul tikishlarda ishtirok etganini ma'lum qilgandi va futboldan ma'lum muddatga chetlatildi.

Policiya Fadjolining telefonini tekshirgandan so'ng, Bonuchchi va “Yuventus”ning boshqa o'yinchisi 22 yoshli italiyalik noqonuniy bukmeykerlarga pul tikkanini aniqlagan.

Futbolchilar bunday ma'lumot haqida Italiya federal prokuraturasiga xabar berishlari shart. Biroq himoyachi buni qilmadi - endi u kamida olti oyga diskvalifikaciya qilinishi mumkin.


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.asia