Leni Yoro "Real"ni emas, balki MYUni tanlaganining asl sababi ma'lum bo'ldi

Khoja
9 sen 2024
Barchasi pulga bog'liq.

Fransiyalik himoyachi boshida faoliyatini "Real Madrid"da davom ettirish niyatida ekanligini ma'lum qilgan. Biroq "Real Madrid" Leni Yoroga yiliga 2,5 million funt to'lashini ma'lum qilganidan so'ng u MYUning taklifini qabul qilgan. Sababi "Manchester Yunayted" 18 yoshli himoyachiga 8 million funt taklif qilgan. 

Eslatib o'tamiz, MYU o'tgan yozda Leni Yoroni 59 million funtga sotib oldi. Biroq himoyachi "qizil iblislar" safida hali jarohat sababli rasmiy debyutini qilishga ulgurmadi.


KhojaMuallif
Manba: fapl.ru