Lempard "Chelsi"ga qanday futbolchi olib kelishini aytdi

Mirjalol Normatov
12 iyul 2020
"Chelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard APL doirasida "Sheffild"dan uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi.

"Agarda jamoa chempionlik uchun kurashmoqchi bo'lsa, mentalitetni yaxshilash kerak. Futbolchilarning hozirgi mentaliteti menga yoqmayapti.

Ko'pchilik "Chelsi"ning navbatdagi xaridi kim bo'larkin deb o'ylamoqchi. Bizga hujumkor futbolchilardan tashqari, markaziy himoyachi ham kerakligi ko'rinib qoldi. Demak, biz himoyachi sotib olishimiz kerak.

Yangi himoyachi esa "Liverpul" va "Manchester Siti"ga qarshi raqobatda "Chelsi"ni yangi pog'onaga olib chiqishiga ishonaman", - dedi Lempard.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal