Lemar "Arsenal"ga o'tmasligi mumkin

Mirjalol Normatov
26 yanv 2020
"Atletiko" futbolchisi Toma Lemarning "Arsenal"ga o'tish ishlari bekor bo'lishga yaqin turibdi.

Klublar Lemarning transfer narxini hech qanaqasiga kelisha olishmayapti. "Arsenal" uchun "Atletiko" so'rayotgan mablag' juda ko'p deb hisoblanmoqda. Undan tashqari, Lemar bilan shaxsiy shartnoma borasida ham kelishuvga erishib bo'lmayapti.

Tomaning xizmatlariga "Napoli" va "Vulverxempton" kabi klublar ham qiziqish bildirgandi. Fransiyalik futbolchi bu boradagi savollarni hozircha ochiq qoldirmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express