LegionerUz. Qatardagi “o'zbek derbisi” jangovor durang bilan yakuniga etdi (video)

3 fev 2018, 11:23
Qatar Yulduzlar Ligasining 15-turi o'zbekistonlik ikki futbolchi - Sanjar Tursunov va Temurxo'ja Abduxoliqovni o'zaro to'qnashtirdi.

Sanjar Tursunov to'p surayotgan “Al-Haraytiyat” klubi ligada jon saqlab qolish uchun kurash olib borayotgan bo'lsa, Temurxo'ja Abduxoliqov jamoasining oldiga Chempionlar Ligasiga yo'llanma berishi mumkin bo'lgan kuchli to'rtlik vazifasi qo'yilgan. Ularning o'zaro to'qnashuvida jangovor durang qayd etildi. 


O'zbekistonlik futbolchilar maydonda to'liq harakat qildi. Sanjar ham, Temurxo'ja ham jamoasining asosiy figuralari hisoblanadi. Qizig'i, har ikki klubni ham tunislik mutaxassislar boshqaradi va o'zbekistonlik futbolchilarga katta ishonch bildiradi.

Bu mavsum so'ngida har ikki futbolchining jamoasi bilan shartnomasi yakuniga etadi. Ularning keyingi faoliyatlari qanday bo'lishi hozircha aniq emas. “Al-Haraytiyat” ligada jon saqlab qolsa va “As-Sayliya” mavsumni to'rtlikda yakunlay olsa, balki klublar ularga yangi shartnomalar taklif qilishi ham mumkin. 

Championat.asia statistikasi


Manba: championat.asia