

“Al-Garafa” klubi nima qilib bo'lsa-da kuchli to'rtlikka ilinishni maqsad qilgandi. Kechagi o'yindan keyin jamoa bunga erishishni ham boshladi. Temurxo'ja Abduxoliqov to'p suradigan “As-Sayliya” mehmoni bo'lgan “Garafa” yirik g'alabaga erishdi. Tarkibning eng mashhur futbolchisi Uesli Snayder dublga erishdi, yana 1 ta gol forslar hujumchisi Taremiy hisobiga yozildi.
“As-Sayliya” bosh murabbiyi Abduxoliqovni 64-daqiqada almashtirdi va uning o'rniga braziliyalik Vagner Ribeyroni maydonga tushirdi. Biroq bu ham ish bermadi.
Sanjar Tursunov harakat qiladigan “Al-Haraytiyat” klubi esa yanada sharmandali hisobda mag'lub bo'ldi - 0:5. Hafta boshida Toshkentning “Lokomotiv” klubini 3:2 hisobida taslim qilgan peshqadam “Al-Duhayl”, autsayder raqibiga imkon qoldirmadi va poytaxtimizga xush kayfiyatda keladigan bo'ldi. “Lokomotiv” esa Superliganing 2-turida ochko yo'qotdi.
Tursunov maydonda 67 daqiqa harakat qildi va o'z o'rnini bo'shatib berdi. U 24-daqiqada hakam tomonidan ogohlantirildi ham.

Championat.asia statistikasi
Yana 2 tagina turdan keyin Qatar Yulduzlar Ligasida mavsum o'z yakuniga etadi. Shuningdek, Tursunov hamda Temurxo'ja Abduxoliqovning o'z jamoalari bilan shartnomalari tugaydi. Sizningcha ular faoliyatini Qatarda davom ettirgani yaxshimi?




