Legionerlarimizga atalgan kun. Bugun Husanov, G'aniev, Erkinov, Turg'unboev jamoalari o'ynaydi

Iskandarov Abdulaziz
8 fev 2025
Bugun xorijda to'p tepayotgan bir necha nafar futbolchilarimiz o'z jamoalarida navbatdagi uchrashuvini o'tkazadi.

- Abduqodir Husanov to'p tepayotgan "Manchester Siti" Angliya kubogida "Leyton" bilan kuch sinashadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 17:15 da boshlanadi. Hozirga qadar O'zbekiston terma jamoasi futbolchisi faqat APL doirasida "Chelsi"ga qarshi maydonga tushdi. 

- BAA Pro ligasining 15-turida Aziz G'aniev harakat qiladigan "Al Bateh" mehmonda "Al Ayn"ga qarshi saf tortadi. Ma'lumot uchun, ayni paytda turnir jadvalida mezbonlar 5-o'rinda ketayotgan bo'lsa, "Al Bateh" 12-pog'onani egallab turibdi. Ushbu bellashuv 18:20da start oladi. 

- Amirliklar chempionatida bugun Hojimat Erkinov o'ynaydigan "Al Vahda" o'z maydonida "Xorfakkan"ni qabul qiladi. "Al Vahda" jadvalda oltinchi, uning raqibi esa o'ninchi o'rinda ketmoqda. Bu o'yin 21:00da bo'lib o'tadi. 

- Turkiya Superligasining 23-turida Aziz Turg'unboev to'p tepadigan "Sivasspor" "Beshiktosh"ni mehmon qiladi. Jamoalar o'rtasidagi qarama-qarshilikni 21:00dan boshlab kuzatishingiz mumkin.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia