Legionerimiz jarohat sababli O'zbekiston MTJning sentyabr oyidagi o'yinlarini o'tkazib yuboradi

Khoja
3 sen 2024
O'zbekistonning sentyabr oyidagi yig'iniga chaqirilgan Jasur Yaxshiboev jamoaga yordam bera olmaydigan bo'ldi.

 Bu haqida Narzulla Saydullaev o'zining telegram kanalida ma'lum qildi.

Ordabasi hujumchisi jarohati sabab JCH 3-saralash bosqichidagi dastlabki ikki o'yinni o'tkazib yuboradi. 

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy jamoasi 5 sentyabr kuni KXDRni qabul qiladi, 10 sentyabrda esa Qirg'iziston mehmoni bo'ladi.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia