Le Gre FFF rahbari lavozimidan chetlatilganidan so'ng yig'lab yubordi

Sherzod Nurmatov
12 yanv 2023, 17:48
U hech qanday yomon ish qilmaganini takidlamoqda.

Fransiya Futbol Federatsiyasi rahbari lavozimidan chetlatilganidan keyin ko'zyosh to'kdi.

FFF Ijroqo'mi Noel Le Greni iste'foga chiqarishga qaror qildi. Tashkilot vice-prezidenti lavozimida ishlab kelgan Filipp Diallo Fransiya Futbol Federatsiyasi prezidenti vazifasini bajaruvchi bo'ldi.

"RMC Sport" xabariga ko'ra, 81 yoshli Le Gre ijroiya qo'mita yig'ilishida yig'lab yubordi va "hech qanday yomon ish qilmagani"ni aytib, qasam ichdi.

Eslatib o'tamiz, Le Gre Zinedin Zidan haqidagi so'zlari uchun tanqid qilingan edi. Shuningdek, FFFning sobiq xodimlari uni nomaqbul xatti-harakatlarda ayblagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: RMC Sport