"Las-Palmas" futbolchisi avtohalokat oqibatida hayotdan ko'z yumdi

Sherzod Nurmatov
27 iyun 2025
"Las-Palmas" himoyachisi Zeben Ramos 23 yoshida vafot etdi, deb xabar berdi klub matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, Ramos 9 iyun kuni sodir bo'lgan baxtsiz hodisada olgan og'ir jarohatlaridan forig' bo'la olmadi. Avvalroq futbolchi mashina urib yuborgach, shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar berilgandi.

"Ramosning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz. U har doim o'z ishiga fidoyi bo'lgan", – deyiladi xabarda.

Ramos o'tgan yozda "Las-Palmas"ga o'tgan va Ispaniya klubi yoshlar jamoasida 1 ta o'yin o'tkazgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: udlaspalmas.es