Lars Lagerbek: ““Barselona”ning PSJ ustidan g'alabasi – bu Suares nomli teatrning g'alabasi”

Aslanov Jasurbek
10 mar 2017
Norvegiya terma jamoasi bosh murabbiyi Lars Lagerbek Chempionlar ligasi chorak finalida “Barselona”ning PSJ ustidan qozonilgan g'alabasi haqida o'z fikr-mulohazalarini bildirdi.

“Essiz, futbol. Barchasi simulyaciyalar orqali hal etildi.

Juda afsusdaman. Bu Suares nomli teatrning sahna ko'rinishlaridan biri. Nima uchun futbolga bosh hakam yordamchilari kerak-ki, agar ular maydonda bo'layotgan vaziyatni ilg'ay olishmasa?!” - dedi Lagerbek Shvetsiyaning Viasat Sport telekanali efiridagi chiqishida. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Mundo