

"Biz yaxshi ishlayapmiz va mavsum boshida biz turnir o'rtalariga kelib 53 ochko bilan 2-o'rindan 8 ochkoga ortda qolgan holda birinchi bo'lishga imzo chekkan bo'lardik. Lekin haqiqat shundaki, hali oldimizda qilinadigan ishlar ko'p, yanada ko'proq fidoyilik va qatiyat ko'rsatishimiz kerak.
Xavi yaxshi uddalayapti – u qiyin paytda jamoani qabul qilib oldi va mo'jizaviy tarzda futbolchilarni bir g'oya ostida birlashtirdi. Asosiysi – fidoyilik va jamoaviy ruh", – dedi Laporta.
"Barselona" La Liganing 20-turidan so'ng "Real"dan 8 ochkoga o'zib kyetib, musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.



