

Oldinroq "Barselona" - "Vilyarreal" uchrashuvi 20 dekabr kuni Mayamida bo'lishi ma'lum qilingandi.
Kataloniya klubi yarim himoyachisi esa ushbu holatni turnir va futbolchilarga bo'lgan hurmatsizlik sifatida qiyosladi.
"O'yin o'sha yerda bo'ladi - buni UEFA va LaLiga tanladi va qaror chiqardi. Bizga qayerda o'ynashimiz aytilsa, o'sha yerda o'ynaymiz. Mayamiga borish kerakmi, boramiz. Futbolchilarning o'z shaxsiy fikri bor va men buni hurmat qilaman.
Bu g'oyani biz ham qo'llab-quvvatladik. AQSH - o'sib kelayotgan bozor, mavsumoldi yig'inlar orqali u yerdagilar bilan yaxshi munosabatlar o'rnatdik", - dedi Laporta.



