"Lans" himoyachisiga "Yuventus" va "Atalanta" qiziqish bildirmoqda

Aslanov Jasurbek
13 avg 2024, 00:33
"Lans" markaziy himoyachisi faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, gap Kevin Danso haqida ketmoqda. Unga "Atalanta" qiziqish bildirmoqda, ammo futbolchining o'ziga bu variant yoqmayapti.

Shu bilan birga himoyachini Jan Kler Todiboni qo'ldan boy bergan "Yuventus" ham kuzatib bormoqda.

Dansoni xarid qilish uchun 20-25 mln. evro to'lashga to'g'ri keladi. Avstriyalik yana bir mavsum "Lans"da qolishga qarshi emas.

Himoyachi o'tgan mavsum Fransiya chempionatining 30ta o'yinida ishtiok etib, 1ta gol urgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Foot Mercato