"Lans" ekvadorlik himoyachini sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi

Sherzod Nurmatov
10 yanv 2024
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

"Baiya" va Ekvador terma jamoasi himoyachisi Joanner Chaves mavsum oxirigacha "Lans"da ijarada o'ynaydi. 



Yangi kelgan futbolchi 13-raqamda harakat qiladi.

21 yoshli chap qanot himoyachisi Braziliya klubi safida  44 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan va 10 ta sariq kartochka olgan.

"Lans" o'z yetakchilaridan biri Dansoni sotib niyatida, unga jiddiy qiziqishlar mavjud. U ketsa, Abduqodir Husanov asosiy tarkib futbolchisiga aylanishi mumkin.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: rclens.fr