Lam va Kloze "Bembi" mukofoti bilan taqdirlanishdi

Yaqindagina "nemis mashinasi"dagi faoliyatlarini yakunlagan Miroslav Kloze va Filipp Lam Germaniya terma jamoasidagi xizmatlari uchun "Bembi" sovrinini qo'lga kiritshdi.
"Bembi" - mukofoti Germaniyada 1948 yilda tashkil etilgan bo'lib, bu sovrin dunyoning eng nufuzli unvonlaridan biri hisoblanadi.   
"Bembi" haykalchalirini shuningdek Franc Bekkenbauer va Mesut O'zil kabi futbolchilar qo'lga kiritishgan.

"Bu nafaqat Kloze va mening shaxsiy yutug'im, buning zamirida butun terma jamoa a'zolarining mehnatlari ham yotibdi", - deb aytib o'tdi "nemis mashinasi"ning sobiq sardori Filipp Lam. 

Futbolchilarga haykalchalarni Bastian Shvaynshtayger topshirdi. 

 


Manba: bild.de