

"Alaba, Myuller va Lam betob. Ular "Ingolshtadt"ga qarshi o'ynashmaydi. Robben va Boateng qaydnomaga kiritiladi va bu ikki futbolchi bahsni zaxira o'rindig'ida boshlaydi. Koman ham tuzaldi. U mashg'ulotda yaxshi ishladi va o'ynaydi. Xummels ham maydonga tushadi.
G'alabali seriyani davom ettirishga intilamiz. Har qanday bahs qiyin bo'lishi mumkin. Bizga qarshi juda tez jamoa o'ynaydi. Bor kuchimizni ishga solishimiz kerak" - deydi Anchelotti.



