LaLiganing aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
24 apr 2025
Pedri LaLigada oy futbolchisi deb topildi.

"Barselona" yarim himoyachisi muxlislar ovoz berishi natijalariga ko'ra, aprel oyining eng yaxshisi deb etirof qilindi va mukofotni qo'lga kiritdi. U bu borada Xulian Alvares ("Atletiko"), Georgiy Mamardashvili ("Valensiya"), Xavi Puado ("Espanol") va Serji Darderni ("Malorka") ortda qoldirdi.


Aprel oyida Pedri Ispaniya chempionati doirasida 4 ta o'yinda ishtirok etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/laliga