

Ikki kun oldin "Volfsburg" daniyalik futbolchi bilan shartnomani bekor qilgan edi.
Futbolchi vakillari "Lacio" va "Sampdoriya" bilan bog'lanishga ulgurdi, ammo ikkala klub ham mavsum yakunlanganidan so'ng yakuniy qarorni e'lon qiladi.
28 yoshli hujumchi "Yuventus" safida A Seriyada o'ynashga ulgurgan. Joriy mavsumda Bendtner Bundesliganing 13 uchrashuvida maydonga tushib, 2 ta gol urgan.



