La Liganing uch klubi "Barselona" yarim himoyachisi Puch uchun da'vogarlik qilmoqda

Alisher
15 okt 2021, 15:44
Ispaniya chempionatining uch klubi "Barselona" yarim himoyachisi Riki Puchga qiziqmoqda.

22 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun "Selta", "Xetafe" va "Real Sosedad" klublari da'vogarlik qilmoqda.

Futbolchining Kataloniya klubidan qishki transfer oynasida ketishi mumkinligi aytilmoqda.

Puch 2021/22 yilgi mavsum "Barselona" tarkibida 4ta o'yinda maydonga tushdi. Transfermarkt o'yinchini 15 million evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: Transfermarketweb