La Ligada mavsumni "yondirayotgan" Dovbikning tovon puli qanchaligini bilasizmi?

Omonjon To`xtamirzayev
16 may 2024
Artyom Dovbikning "Jirona" bilan shartnomasi tafsilotlari ma'lum bo'ldi.

Ma'lumotlarga qaraganda, ukrainalik futbolchining Ispaniya klubi bilan kelishuvdagi tovon puli 40 mln evroni tashkil qiladi.

"Jirona" hujumchisini bu narxdan arzonroqqa sotmoqchi emas.

Eslatib o'tamiz, 36-turdan keyin Artyom Dovbik 20 ta gol bilan to'purarlar poygasida yakka peshqadam bo'lib turibdi. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Фабрицио Романо