La Liga. “Real Sosedad” 9 kishi bo'lib, “Ueska”ni safarda mag'lub etdi

22 sen 2018, 07:30
21 sentyabr sanasida Ispaniya La Ligasida 5-tur o'yinlariga start berildi.

Turning ilk o'yinida “Ueska” o'z maydonida “Real Sosedad”ni qabul qilib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Yagona gol 64-daqiqada Merino tomonidan kiritildi. Qayd etish joiz, uchrashuvni “basklar” 9 kishi bo'lib yakunladi. Boisi, Xuanmi hamda Teo Ernandes maydonni qizil kartochka olib tark etdi.

“Ueska”- “Real Sosedad” 0:1

Gol: 0:1 – 64 Merino.

Ueska – Verner, Miramon, Pulido (Gyurler, 84), Ruben Semedu, Luizinyu (Avila, 79), Musto, Melero, Aleks Galyar, Gomes (Longo, 68), Ferreyro, Ernandes.

Real Sosedad –Ruli, Saldua, Elustondo, Moreno, Teo, Merino, Subeldiya, Pardo (Surutusa, 74), Oyarsabal (Rodriges, 90), Bautista (Navas, 85), Xuanmi.

Ogohlantirishlar: Pardo (23), Luizinyu (43), Ernandes (45), Aleks Galyar (65), Xuanmi (71), Longo (76), Ferreyro (90).

Chetlatishlar: Xuanmi (71), Teo (82).


Manba: Championat.asia