La liga. “Real” qoldirilgan uchrashuvda g'alaba qozonib, “Valenciya”dan oldinga o'tib oldi

La liganing 16-tur qoldirilgan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ispaniya chempionati turnir jadvali

Unda “Leganes” jamoasi Madridning “Real”ini qabul qildi. Uchrashuvda mehmonlarning qo'li baland keldi. “Qirollik klubi” Lukas Vaskes, Kasemiro va Serhio Ramos tomonidan kiritilgan gollar evaziga muhim uch ochkoni qo'lga kiritib, Ispaniya chempionati turnir jadvalida “Valenciya”ni quvib o'tdi.

Ayni vaqtda turnir peshqadami “Barselona” va “Real” o'rtasidagi farq 14 ochkoni tashkil etmoqda.


Manba: championat.asia